DJI Agras T60 — Qishloq xo‘jaligi uchun professional dron

347 440 000 UZS

Taqsimlash (sepish) tizimi

  • Ichki yuklama sig‘imi: 60 kg
  • Granula baki hajmi: 80 litr
  • Zarrachalar o‘lchami: 0,5 – 10 mm
  • Sepish kengligi: 3 – 8 metr

DJI Agras T60 — yuqori quvvatli va ko‘p funksiyali qishloq xo‘jaligi droni bo‘lib, katta maydonlarda samarali purkash va urug‘ sepish ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan. Kuchli dvigatel tizimi, keng sig‘imli bak va zamonaviy xavfsizlik tizimi tufayli u intensiv dala ishlarida ishonchli yordamchi hisoblanadi.

Dron bir parvozda katta hajmdagi suyuqlik yoki granulalarni tarqatish imkoniga ega. Yangi ishlab chiqilgan markazdan qochma bosimli форсунка va 4.0 taqsimlash tizimi dalaning turli sharoitlarida bir xil va sifatli purkashni ta’minlaydi. 3.0 xavfsizlik tizimi esa parvoz jarayonini yanada barqaror va xavfsiz qiladi.

Dron og‘irligi akkumulyatorsiz 46 kg, akkumulyator bilan esa 62 kg ni tashkil qiladi. Maksimal purkash tezligi 18 litr/minut (2 purkagich bilan) va 28 litr/minut (4 purkagich bilan) ga yetadi.

✔ 50 kg gacha purkash yuklamasi
✔ 60 kg gacha urug‘ sepish imkoniyati
✔ 80 litrli kengaytirilgan granulalar baki
✔ 4 rotorli kuchli konstruktsiya
✔ 2 km gacha ish radiusi
✔ 0°C dan +40°C gacha ishlash harorati

Izohlar

Hali hech qanday izoh yo'q.

Izoh qoldiring “DJI Agras T60 — Qishloq xo‘jaligi uchun professional dron”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

×

Ariza qoldirish

Pastdagi formani to'ldiring va biz siz bilan bog'lanamiz

Scroll to Top