Bosh ofis
DJI kompaniyasining bosh ofisi Xitoyning eng yirik sanoat va texnologiya markazlaridan biri — Shenchjen shahrida joylashgan. Ishonchli yetkazib beruvchilar, xomashyo va yosh, iste’dodli mutaxassislar bozoriga bevosita kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompaniya 2006-yildan buyon kichik ofisdan xalqaro korporatsiyaga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirgi kunda DJI kompaniyasida butun dunyo bo‘ylab 6000 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Kompaniyaning filiallari AQSh, Germaniya, Niderlandiya, Yaponiya davlatlarida, shuningdek Pekin va Gonkong shaharlarida joylashgan. Xususiy kompaniya maqomi DJI ga o‘z qarashlariga asoslanib ishlash imkonini beradi va texnologiyalarimizni ijodiy, tijoriy hamda xayriya maqsadlarida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Qurilmalar
DJI qurilmalari shunchaki ijod uchun vosita emas. Biz orzular ortidan intilayotgan insonlarni ruhlantiramiz va ularga imkoniyat chegaralaridan chiqish imkonini beramiz. Biz ularga butun dunyoni ilhomlantirish imkoniyatini taqdim etamiz.
Biz tadqiqot va ishlanmalar uslubiga, doimiy takomillashuv va eng yaxshi yechimlarni izlash madaniyatiga sodiqmiz. Murakkab texnologiyalar yordamida amaliy va foydalanish uchun qulay qurilmalarni yaratamiz. Biz uchun shakl funksiyaga mos kelishi kerak. Shu tamoyilga amal qilgan holda, yuqori texnologiyali va ergonomik uskunalarni ishlab chiqamiz.
Texnologiyalar
DJI texnologiyalari dunyoni o‘zgartirmoqda. Kino sanoati, qishloq xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish, qidiruv-qutqaruv xizmatlari, energetika va boshqa ko‘plab soha mutaxassislari DJI ga ishonch bildiradi. Ular DJI ishlanmalari o‘z ishlarini yanada xavfsiz va samarali qilishiga ishonishadi. Texnologiyalar rivojlanishi bilan esa yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochiladi.